Turkiya jamoasiga 22 yoshli qiz bosh murabbiy bo‘ldi

  • 11.09.2026 08:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turkiyalik 22 yoshli sobiq futbolchi Zeynep Mestan havaskorlar ligasida ishtirok etadigan «Tyurgutlyuspor» jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Klub matbuot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, yangi mavsum oldidan jamoa tuzilmasini yangilash doirasida Zeynep Mestan bilan bosh murabbiy sifatida ishlash bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

«Klubni qayta tuzish va yangi mavsum uchun belgilangan vazifalar doirasida biz Zeynep Mestan bilan uni murabbiylik lavozimiga tayinlash yuzasidan kelishib oldik. Klubning yangi tuzilmasi va texnik yo‘nalishiga rahbarlik qiladigan Zeynep Mestanga katta muvaffaqiyatlar tilaymiz. Umid qilamizki, ushbu yangi bosqich jamoamiz, klubimiz va barcha muxlislarimiz uchun foyda keltiradi», — deyiladi klub bayonotida.

Zeynep Mestan o‘z navbatida, o‘zi uchun eng maqbul murabbiylik namunasi sifatida Xosep Gvardiolaning ish uslubini ko‘rishini ta'kidladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!