Turkiya JCh-2026 uchun kengaytirilgan tarkibini e'lon qildi

  • 19.05.2026 05:21
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi Vinsentso Montella Jahon chempionati-2026 uchun kengaytirilgan tarkibni ma’lum qildi.

Dastlabki ro‘yxatga 35 nafar futbolchi kiritilgan bo‘lib, keyinchalik ulardan 9 nafari yakuniy tarkibdan chiqariladi.

Darvozabonlar:
Altay Bayindir (“Manchester Yunayted”), Ersin Destano‘glu (“Beshiktash”), Mert Gyunok (“Fenerbaxche”), Muhammad Shengazer (“Istanbul”), Ugurjon Chakir (“Galatasaray”).

Himoyachilar:
Abdulkarim Bardakji (“Galatasaray”), Ahmetjon Kaplan (NEK), Chag‘lar Seyundju (“Fenerbaxche”), Evren Elmali (“Galatasaray”), Ferdi Qadiug‘lu (“Brayton”), Merih Demiral (“Al-Ahli”), Mert Myuldur (“Fenerbaxche”), Mustafo Eskixellach (“Trabzonspor”), Ozon Kabak (“Xoffenxaym”), Samet Akaydin (“Rizespor”), Yusuf Akchichek (“Al-Hilol”), Zeki Chelik (“Roma”).

Yarim himoyachilar:
Atakan Karazor (“Shtutgart”), Demir Tiknaz (“Braga”), Hakan Chalhanog‘lu (“Inter”), Ismoil Yuksak (“Fenerbaxche”), Kaan Ayhan (“Galatasaray”), Orkun Ko‘kchyu (“Beshiktash”), Solih O‘zjan (“Borussiya” Dortmund).

Hujumchilar:
Aral Shimshir (“Midtyulland”), Arda Gyuler (“Real”), Barish Yilmaz (“Galatasaray”), Jon Uzun (“Ayntraxht”), Deniz Gyul (“Portu”), Irfon Kahvejji (“Qasimpasha”), Kenan Yildiz (“Yuventus”), Kerem Aktyurko‘glu (“Fenerbaxche”), O‘g‘uz Aydin (“Fenerbaxche”), Yunus Akg‘yun (“Galatasaray”), Yusuf Sari (“Istanbul”).

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati-2026 AQSh, Kanada va Meksikada 11 iyundan 19 iyulgacha bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!