Turkiya kubogi. “Trabzonspor” finalda g‘alaba qo‘zonib, “Bashakshehir”ga evrokuboklarda ishtirok etish imkonini berdi
Turkiya kubogining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Bosh sovrin uchun kechgan bahsda “Trabzonspor” “Konyaspor”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Dastlab, 18-daqiqada Pol Onuachu hisobni ochgan bo‘lsa, 50-daqiqada Jekson Muleka muvozanatni tikladi.
Keyin esa yana katta sahnaga Onuachu chiqdi. Hujumchi 79-daqiqada penalti dan gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa, “Trabzonspor”ning kubokdagi g‘alabasi “Istanbul Boshakshehir” uchun ham muhim natijaga aylandi. Sababi, chempionatda kuchli to‘rtlikdan joy olgan jamoa Turkiya kubogini ham qo‘lga kirit sa, evrokubok yo‘llanmasi liga orqali keyingi jamoaga beriladi.
Natijada Superligini 5-o‘rinda yakunlagan “Boshakshehir” kelasi mavsum UEFA Konferensiyalar ligasida ishtirok etadigan bo‘ldi.

Fikrlar