Turkiya Superligasi. "Bashakshehir" — "Rizespor": Taxminiy tarkiblar bilan tanishing
Turkiya Superligasining 20-turida "Istanbul Boshakshehir" o‘z maydonida "Rizespor" jamoasini qabul qiladi. So‘nggi o‘yinlarda ketma-ket g‘alaba qo‘zonib kelayotgan Nuri Shahin shogirdlari bugun ham 3 ochkoni o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga harakat qiladi.
Bahs oldidan RizeDeyiz nashri jamoalarning taxminiy tarkiblarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonlik futbolchilar Eldor Shomurodov hamda Abbosbek Fayzullaev asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda. Afsuski, mehmonlar safida to‘p tepayotgan yana bir hamyurtimiz Husniddin Aliqulov bugungi o‘yinni jarohat sabab o‘tkazib yuboradi.
Ma’lumot uchun, uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi.
Fikrlar