Turkiya Superligasi. "Galatasaray" turk klassikosida g'alaba qozondi

  • 27.04.2026 00:51
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turkiya Superligasining 31-turi doirasida "Galatasaray" o‘z uyida "Fenerbahche"ni qabul qilib, 3:0 hisobida taslim qildi.

Dastlab, 40-daqiqada Viktor Osimxen hisobni ochgan bo‘lsa, 67-daqiqada Barish Alper Yilmaz penaltidan gol urib, oradagi farqni ikkita oshirdi. Shuningdek, Lukas Torreya ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi — 3:0. Uchrashuv davomida darvozabon Ederson qizil kartochka olib, maydonni erta tark etdi.

Shu tariqa, Okan Buruk shogirdlarining ochkolari 74 taga yetdi va ular turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. "Fenerbahche" esa 67 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

  • Turkiya - Superliga
  • Muntazam mavsum
34.png

Galatasaray

  • Victor Osimhen 40'
  • Barış Alper Yılmaz 67'
  • Lucas Torreira 83'
Tugadi
3 : 0

26.04.2026 22:00

88.png

Fenerbaxche

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!