Turkiya Superligasi. Gollarga boy o'tgan o'yinda "Bashakshehir "Beshiktosh"ga mag'lub bo'ldi

  • 16.02.2026 00:12
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Turkiya Superligasining 22-turi doirasida "Istanbul Boshakshehir" o‘z maydonida "Beshiktosh" ni qabul qildi va 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Uchrashuvning 36-daqiqasida Selke hisobni ochdi. Birinchi taym yakunlanishiga ikki daqiqa qolganda esa mezbonlar himoyasi qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi va bundan Hyon-Gyu unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi.

58-daqiqada Orkun Ko‘kchu darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatdan unumli foydalanib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 88-daqiqada esa Ozgyur hisobni yana tenglashtirdi.

Shunga qaramay, hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Mustafa Hekimog‘lu hal qiluvchi golni urib, "Beshiktosh"ga g‘alaba taqdim etdi.

Shu tariqa, Nuri Shahin shogirdlarining g‘alabali seriyasi o‘z nihoyasiga yetdi.

  • Turkiya - Super Liga
  • Joriy Mavsum
3702.png

Istanbul Bashakshehir

  • Davie Selke 36'
  • Bertuğ Yıldırım 88'
Tugadi
2 : 3

15.02.2026 22:00

554.png

Beshiktosh

  • Hyeon-gyu Oh 43'
  • Orkun Kökçü 58'
  • Mustafa Hekimoğlu 90'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!