
Turkiya Superligasi. "Rizespor" ishonchli hisobda g‘alaba qozondi. Aliqulov esa to‘liq harakat qildi
Turkiya Superligasining 32-turidan o‘rin olgan uchrashuv o‘z nihoyasiga etdi. Ushbu tur doirasida "Rizespor" "Gaziantep" bilan kuch sinashib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning 77-daqiqasida Ali Sou hisobni ochgan bo‘lsa, Ibraxim Olavoyin ikkinchi bo‘limning qo‘shib berilgan daqiqalarida hisobni 2 taga etkazdi. Ushbu gol esa o‘yin taqdirini hal qildi.
Milliy terma jamoamiz himoyachisi Husniddin Aliqulov esa ushbu uchrashuvda to‘liq harakat qildi. Sofascore esa hamyurtimizning hugungi o‘yinini 7.6 ballga loyiq ko‘rdi.
- Turkiya - Super Liga
- Joriy Mavsum
Fikrlar