Turkiya Superligasi. "Rizespor" safarda "Sivasspor"ga yutqazdi, ikki legionerlarimiz ham maydonga tushdi
Turkiya Superligasi 11-turidan o‘rin olgan "Sivasspor" - "Rizespor" bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Husniddin Aliqulov asosiy tarkibda maydonga tushdi va to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi. Uning harakatlari "Sofascore" statistik portalida 6.5 ballga baholandi. Azizbek Turg‘unboev esa 76-daqiqada zaxiradan tushib, yakunga qadar o‘ynadi. U esa 7 ball oldi.
Shu tariqa, "Sivasspor" beshinchi o‘ringa chiqib oldi, rizeliklar esa 10 ochko bilan 15-o‘rinda bormoqda.
- Turkiya - Super Liga
- Joriy Mavsum
Sivasspor
- Noah Sonko Sundberg 61'
- Noah Sonko Sundberg 49'
Tugadi
2
:
1
02.11.2024 15:30
Rizespor
- Dal Varesanovic 8'
Fikrlar