Turkiya Superligasining 20-turdan keyingi turnir jadvali bilan tanishing

  • 04.02.2026 15:27
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Turkiya Superligasining 20-tur uchrashuvlari yakuniga yetdi.

Turning markaziy bahsida Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullaev toʻp tepayotgan "Istanbul Boshakshehir" jamoasi oʻz uyida Husniddin Aliqulov harakat qiladigan "Rizespor" jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Shomurodov oʻyinda hisobni ochganiga qaramay, yakunda jamoalar murosa koʻchasini tanlashdi 2:2. Chempionat yetakchisi "Galatasaroy" bu turda oʻz uyida "Kayserispor"ga qarshi bahs olib bordi va yirik 4:0 hisobida zafar quchdi. Turning soʻnggi oʻyinida yulduzlarni tarkibiga yigʻishda davom etayotgan "Fenerbahche" safarda "Kojayelispоr" mehmoni boʻlib muhim gʻalabani qoʻlga kiritdi. Tur yakunlariga koʻra, "Galatasaroy" 49 ochko bilan jadvalda yetakchilik qilmoqda. "Fenerbahche" 46 ochko bilan ikkinchi, "Trabzonspor" esa 42 ochko bilan uchinchi pogʻonani band etib turibdi. Hamyurtlarimiz toʻp tepayotgan "Boshakshehir" 6-oʻrinni egalab turgan boʻlsa, "Rizespor" 12- pogʻonada joylashgan. 

Maʼlumot uchun, 21-tur bahslariga 7 fevral kuni start beriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!