Turkiya Superligasining 21-turdan keyingi turnir jadvali bilan tanishing

  • 10.02.2026 18:54
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Turkiya Superligasida navbatdagi tur bellashuvlari yakuniga yetadi.

Yevropaning boshqa top ligalaridagi kabi Turkiya Superligasida ham mavsumning eng qizgʻin vaqti davom etmoqda. 7-8-9 fevral kunlari chempionatning 21-tur bahslari boʻlib oʻtdi. Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullaev toʻp tepayotgan "Istanbul Boshakshehir" safarda "Eyupspor"ga qarshi maydonga chiqdi. Ushbu uchrashuvda dastlab, Abbosning uzatmasidan soʻng Zelke boshi bilan toʻpni darvoza tўrigʻa joylab qoʻydi. Ikkinchi boʻlimda esa Eldor Shomurodov raqib darvozasini ishgʻol etib, oradagi farqni ikkita oshirdi. Uchrashuvga qoʻshib berilgan 3-daqiqada esa mezbonlar hisobni qisqartirdi 1:2. Ushbu hisob oʻyin yakuniga qadar boshqa oʻzgarmadi va istanbulliklar muhim 3 ochkoga ega boʻldi. Turnir jadvali peshqadami "Galatasaroy" bu turda "Rizespor" uyiga safar uyushtirib, yirik 3:0 hisobidagi gʻalabani qoʻlga kiritdi. Mehmonlarning gollariga, Barish Alper Yilmaz,Yunus Akgun va Viktor Osimxen mualliflik qildi. Turning markaziy oʻyinida "Trabzonspor" safarda "Samsunspor"ga qarshi bahs olib bordi. Bellashuvda mehmonlar yirik 3:0 hisobidagi gʻalabani qoʻlga kiritdi. oʻyinda Eldor Shomurodovning toʻpurarlar bahsidagi asosiy raqibi Paul Onuachu dublni rasmiylashtirdi. Chempionatning yana bir asosiy favoritlaridan biri "Fenerbahche" oʻz uyida "Genchlerbirligi" jamoasini qabul qilib 3:1 hisobida zafar quchdi. 

Ushbu tur yakunlariga koʻra turnir jadvali quyidagicha koʻrinish oldi;

22-tur bahslariga 13 fevral kuni start beriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!