Turkiya Superligasining to‘purarlar jadvali bilan tanishing
Turkiya Superligasi o‘zining qizg‘in pallasiga yetib kelmoqda.
Ayna vaqtda Chempionatning 22-tur bellashuvlari yakunlangan va Istanbulning "Galatasaroy" jamoasi peshqadamlik qilmoqda. To‘purarlar poygasida ham raqobat kundan-kunga ortib boryapti. "Trabzonspor" forvardi Paul Onoucho 16ta gol urgan holda, birinchi o‘rinni egallab turibdi. Ikkinchi pog‘onadan esa O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Istanbul Boshakshehir" klubi hujumchisi Eldor Shomurodov joy olgan. Uning hisobida 15ta gol bor. Uchinchi o‘rindan esa ikki nafar futbolchi joy olgan. "Fenerbaxche" klubi futbolchisi Anderson Taliska va "Galatasaroy" forvardi Mauro Ikardi raqiblar darvozasini 13 martadan ishg‘ol qilgan.
Navbatdagi tur bahslariga 20 fevral kuni start beriladi.
Fikrlar