Turkiya terma jamoasi murabbiyi JCh-2026 da Avstraliyaga mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi
Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi Vinchentso Montella JCh-2026 musobaqasida D guruhi 1-turida Avstraliyaga qarshi o‘yinda (0:2) qayd etilgan mag‘lubiyat yuzasidan fikr bildirdi.
«Uchrashuv taktik jihatdan kutganimizdek kechmadi. Raqibning orqa chiziqda zich o‘ynab, imkoniyat kutirishini yaxshi bilardik. Ular qarshi hujumlardan unumli foydalandi. Biz ikki gol o‘tkazib yubordik va juda hafamiz.
Shu bilan birga, jamoamiz maydonda bir butun jamoa sifatida harakat qildi, yurakdan o‘ynadi. Agar shu ruhda davom etsak, o‘zimiz istagan natijalarga erishishimizga ishonaman. Keyingi o‘yinda albatta yaxshiroq o‘ynaymiz», — deya Montellaning so‘zlarini A Spor keltiradi.
Guruҳ bosqichining 2-turida Turkiya terma jamoasi 20 iyun kuni Paragvayga qarshi maydonga tushadi. 3-turda esa 26 iyun sanasida AQSh jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
JCh-2026 musobaqasining «yashirin brilliantlari»:

Fikrlar