Turkiya terma jamoasining sobiq futbolchisi kutilmaganda faoliyatini yakunladi

  • 15.02.2023 11:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turkiyaning “Galatasaroy” va Ispaniyaning “Deportivo” klublari sobiq futbolchisi Emre Cholak 31 yoshida butsalarini mixga ilishga qaror qildi.

Biroq bu holat kutilmaganda sodir bo‘ldi. U mavsumni Turkiyaning "Gaztepe" klubida boshladi va yanvar oyida Ispaniyaning "Interciti" klubi bilan shartnoma imzoladi.

Ammo “Atletik” Bilbaoning ikkinchi jamoasiga qarshi o‘yinda bor-yo‘g‘i o‘ttiz daqiqa o‘ynab, 1:0 hisobidagi g‘alabani nishonlayotgan Cholak, shundan so‘ng darhol ijtimoiy tarmoqda faoliyatini yakunlagani haqida yozdi.

Futbolchi bu qarorining aniq sababini aytmadi. U oilasi bilan vaqt o‘tkazishni istayotganini bildirdi. Balki, vatani Turkiyadagi fojiali voqealar uni shunday o‘ylar va qarorlar qabul qilishga undagandir. U to‘satdan yaqinlaridan uzoq joyda to‘p tepmaslik, oilasiga imkon qadar ko‘proq vaqt ajratish kerakligini anglab etgan bo‘lishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!