Turkiyada gol urish oson emas! "Fenerbahçe" Lukakuga oxirgi imkoniyatni berdi
«Fenerbahçe» hujumchisi Romelu Lukaku haligacha Turkiya chempionatida o‘z salohiyatini to‘liq namoyish eta olmayapti.
Belgiyalik futbolchi o‘tgan yozda Istanbul klubiga qo‘shilgandi. Ammo shu kungacha asosiy tarkibda mustahkam joy egallay olmadi, eng muhimi — biror marta ham darvozaga gol urmagan.
Insayder Ekrem Konur tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, «Fenerbahçe» xalqaro tanaffusdan so‘ng Lukakuga o‘zini ko‘rsatish uchun oxirgi imkoniyatni bermoqchi.
Agar 33 yoshli forvard shu muddat ichida murabbiylar shtabini ishontirmasa, klub uning shartnomasini yana bir yilga uzaytirish imkoniyatidan foydalanmaydi. Hozirgi kelishuv mavsum yakunlanishi bilan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Romelu Lukaku joriy mavsumda o‘tkazgan o‘nta o‘yinda faqat bitta golli pas bilan qayd etilgan, xolos.

Fikrlar