
Turkiyadan kelgan Balotelli terma jamoa murabbiylarini hayratga soldi
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini uzoq tanaffusdan so‘ng Mario Balotellini yana safga qaytardi.
Manchinining terma jamoadagi yordamchisi Attilio Lombardo murabbiylar shtabi “Adana Demirspor” klubidan o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga etib kelgan hujumchining sport formasidan hayratga tushganini aytdi.
- Balotelli ancha ozib ketibdi. Bu koronavirus bilan og‘rigani bilan bog‘liqmi yoki yo‘q bunisi bizga qorong‘u. Men Marioni ko‘rmaganimga ancha bo‘ldi. U xorijda to‘p tepayotgani bois, muntazam kuzatishning imkoni yo‘q. To‘g‘risini aytsam, uni bunaqa zo‘r sport formada kelishiniech kim kutmagan edi. Bu bizni hayratga soldi, - dedi Attilio Lomberdo.
Italiya terma jamoasi 2022 yilgi jahon chempionatiga chiqishi uchun o‘tish bahslarida qatnashadi. Roberto Manchini shogirdlari Shimoliy Makedoniya to‘sig‘idan o‘tsa, hal qiluvchi bahsda Portugaliya va Turkiya juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.
Fikrlar