Turkiyaning orzusini chippakka chiqargan yulduzlar nomi aytildi

  • 20.06.2026 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jahon chempionatida pley-offga chiqish imkoniyati qolmagan birinchi jamoa – Gaiti terma jamoasi edi. Turkiya – Paragvay uchrashuvidan keyin Gaiti safiga yana bir autsayder qo‘shildi – Vinsentso Montella boshqaruvidagi Turkiya terma jamoasi. Ikkinchi marta ketma-ket mag‘lubiyat turklarning guruhdan chiqish umidlarini yo‘qqa chiqardi. 

Uchinchi turda ular uchun faqat reglamentni bajarish uchun o‘ynaydi xolos. Bunday shov-shuvli inqirozdan so‘ng Montellaning o‘zi ham Tunis bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilgan Sabri Lyamushi qatoridan joy olishi ehtimoli katta. Holbuki, uning qo‘lida juda iqtidori va umidli tarkib bor edi.

Paragvayga qarshi bahsda va umuman butun turnir davomida Turkiya terma jamoasi safida kimlar ishonchni oqlamadi? Shu savolga javob izlaymiz. "Yevro-futbol" nashri Montella shogirdlariga subyektiv baholar qo‘ydi: o‘yin boshidagi start bahosi – 6, eng yuqori ko‘rsatkich – 10.

PARAGVAYGA QARSHI O‘YINDA TURKIYA TERMA JAMOASINING ENG ZAIF UCH NAFAR FUTBOLCHISI

ARDA GYULER – 3,0. 

Qadrli Arda, sizni qaerdan izlash kerak edi? 

Gyuler bu chempionatga Turkiyaning bosh yulduzi sifatida keldi, ammo o‘z salohiyatining hatto uchdan bir qismini ham namoyish eta olmadi. Paragvay futbolchilari osongina uning chap oyog‘ini nazoratga olib, "Real"  yarim himoyachisini o‘yindan butunlay uzib qo‘ydi.

Gyuler yo‘llagan uchta zarbaning ikkitasi to‘sib qolinadi, u hujumni o‘tkirlash­tiruvchi uzatmalar haqida go‘yo unutib qo‘ydi, hammasini o‘zi hal qilishga urindi. Oqibatda esa o‘zi ham, jamoasi ham yutqazdi.

KENAN YILDIZ – 3,0. 

Yana bir "hammasini bir o‘zi hal qilmoqchi bo‘lgan" futbolchi. Faolligi bo‘yicha Kenanga da’vo yo‘q, hujumni tezlashtirish istagi ham bor edi. Lekin senga shuncha marta to‘p ishonib topshirilsa, dribling va zarbaga cheklov qo‘yilmasa, samaradorlik ham boshqacharoq bo‘lishi kerak.

Kenan to‘liq erkinlikka ega bo‘ldi, ammo hal qiluvchi pallada undan hech vaqo chiqmadi. 6 ta zarba – birorta gol yo‘q, 4ta uzatmaning birortasi manziliga yetmadi, driblingda 4 marta to‘pni boy berdi, jami yo‘qotishlar soni 17 tani tashkil etdi.

ISMAIL YUKSEK – 3,0. 

Yuksek bilan Turkiyaning yosh yulduzlari haqidagi suhbatni yakunlab, eng katta omad­siz qahramonga o‘tamiz. Ismail Kadioglu to‘pni o‘z jarima maydonidan uzoqlashtirgan paytda shunday noqulay holatda to‘p yo‘liga tushib qoldiki, natijada Paragvayning golli hujumiga zamin yaratib berdi.

Shundan so‘ng ham Ismail ko‘p yugurdi, lekin harakatlari tartibsiz va samarasiz bo‘ldi, maydonning hech bir qismida foyda keltira olmadi. Ikki marta raqibdan osonlikcha aldanib o‘tildi va Montella uni 60-daqiqayoq zahiraga oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!