Turkmaniston terma jamoasi a’zosi o‘zbek klubi bilan shartnoma imzolaydi
Turkmaniston milliy terma jamoasi himoyachisi Vepa Jumaev faoliyatini Oʻzbekistonda davom ettirishga yaqin. Bu haqida AZIYA-SPORT nashri xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, 25 yoshli futbolchi Oʻzbekiston Pro-ligasida ishtirok etuvchi "Aral" klubi bilan shartnoma imzolaydi.
Jumaev soʻnggi besh mavsumni Belarus chempionatida oʻtkazib, shu davr mobaynida 130 tadan ortiq uchrashuvda maydonga tushgan. Shuningdek, u Turkmaniston milliy terma jamoasi safida 6 ta oʻyinda ishtirok etib, 1 ta gol urgan.
Maʼlumot uchun, himoyachining Transfermarkt portalidagi bahosi 100 ming evroni tashkil etadi.

Fikrlar