Turkmaniston U-23 bosh murabbiyi: "Avstraliyaga qarshi odatdagidek tayyorgarlik olib boramiz"

  • 11 iyun, 2022, 12:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Bugun soat 18:00 da 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi chorak final bahslariga start beriladi. Dastlabki bahs Avstraliya hamda Turkmaniston terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. 
 
Mazkur o‘yin oldidan Turkmaniston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ahmet Agamuradov qisqacha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
 
"Men rejamiz amalga oshganidan va keyingi bosqichga chiqa olganimizdan xursandman. Bu ajoyib lahzalar edi.
 
Endi maqsadimiz yarim finalga yo‘l olish. Avstraliyaga qarshi odatdagidek tayyorgarlik olib boramiz. Ammo eng muhimi, biz etarlicha dam olishimiz kerak. 
 
Guruh bosqichidagi 3 o‘yinda biz ko‘p kuch yo‘qotdik. Bu chorak finalda bizga ta’sir o‘tkazmasligini istayman.
 
Avstraliyaning o‘yinlarini ko‘rib chiqdim. Ular Osiyo jamoalariga qaraganda boshqacha o‘yin ko‘rsatadi. Bu Evropa futboliga o‘xshab ketadi. Raqibimiz kuchli pressing va to‘p nazoratidagi ustunlik evaziga o‘yinlarni hal qilishga qodir", - dedi mutaxassis.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!