"Turon" inqiroz yoqasidami yoxud ertaga klub taqdiri hal bo‘ladi

  • 17 iyun, 2023, 23:21
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Superligamizda yagona xususiy klub – “Turon”ning bu yilgi natijalari juda qoniqarsiz chiqayotgani etmaganidek, oxirgi paytlarda jamoa atrofidagi gap-so‘zlar rosa avj oldi.

Klubni tashkil etilishidan boshlab "Turon Eco Cement" moliyalashtirib kelayotgandi. Hech kimga sir emaski, o‘tgan yillar mobaynida katta hajmdagi ishlar bajarildi. “Turon” ilk bor Superligaga chiqib, yana pro ligaga qaytganida ham rahbariyat ortga chekinmadi. Yana o‘zlarida qo‘shimcha kuch va energiya topib, jamoani boshqatdan qurgan holda bir yilda qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, kuchlilar safiga qayta olgandi.

turon2_4

To‘g‘ri, jamoaning bu yilgi natijalari muxlislarini xursand qilishga etarli emas. Bilasiz, Superligada hozirgacha birgina g‘alabasiz klub – bu aynan “Turon” bo‘lib turibdi. Holbuki, barcha sharoitlar bor, lekin jamoaga kelganda, nimadir etishmayotgandi. Ishqibozlar ikkinchi davradan umid qilib turgan bir paytda klubning xususiy egalari “Turon”ni moliyalashtirishni to‘xtatayotgani to‘g‘risidagi gaplar ularni xafa qilishi tabiiy.

bushuev6

Aslida barchasi haqiqatmi? Agar bu rost bo‘lsa, u holda “Turon”ning keyingi taqdiri nima kechadi? Boz ustiga ijtimoiy tarmoqlarda jamoaning rossiyalik bosh murabbiyi Denis Bushuevning ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Balki shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi, degan gap bor. Vaziyatga oydinlik kiritish uchun darhol Denis Dmitrievich bilan aloqaga chiqdik. Mutaxassis ayni paytda Toshkentga ketayotganini aytib, keyinroq gaplashishini ma’lum qildi.

Turon7_1

“Turon” klubi bosh direktori sifatida ishlab kelayotgan Abduvahob Ahmadalievga ham “sim” qoqdiq. U hozircha bu masalada aniq gap ayta olmasligini, barchasi ertaga bo‘ladigan klub majlisida hal etilishini ta’kidladi va shundan keyingina rasmiy xabar ayta olishini ham qo‘shimcha qilib o‘tdi. Katta ehtimol bilan ertaga “Turon” taqdiri hal etiladi. Shundan so‘ng yana bu mavzuni bafurja tahlil qilishimiz mumkin bo‘ladi. Ungacha esa kutamiz!

Shuhratbek Jo‘raev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Dolche& Gabana
18/06/2023 02:11
Кераги йук бу командани! Шу бокиманда чала кария футболчилага кетадиган пулни етим есирга таркаткани минг марта фойдали