Tuxel Angliya klubini boshqarishga ko‘ndi

  • 12.02.2026 16:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel milliy jamoa bilan shartnomasi tugagach, “Nyukasl Yunayted” klubining bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzod sifatida ko‘rib chiqilmoqda.

Bu haqida TEAMtalk nashri xabar berdi.

Tuxelning Angliya milliy terma jamoasi bilan shartnomasi 2026 yildgi jahon chempionati final bosqichi yakunlanguniga qadar amal qiladi.

Manbaga ko‘ra, “ Nyukasl”ning hozirgi bosh murabbiyi Eddi Xau mavsum oxirida lavozimini tark etishi ehtimoli yuqori.

Bunga sabab sifatida katta mablag‘ sarflanayotgan jamoa Angliya Premier-liga jadvalida faqat 12-o‘rinni egallab turgani va bundan muxlislar noroziligi kuchayib borayotgani ko‘rsatilmoqda.

Eddi Xauning o‘zi ham, agar klubni yangi bosqichga olib chiqishga qodir emasligini his qilsa, jamoadan ketishga tayyorligini bir necha bor aytib o‘tgan.

52 yoshli Tomas Tuxel “Pari Sen-Jermen” bilan bilan ikki marta Frantsiya chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, “Chelsi”ni Yevropa qit’asining eng nufuli musobaqasi – Chempionlar ligasi g‘olibiga aylantirgan.

Bundan tashqari, germaniyalik mutaxassis “Borussiya Dortmund”da ishlagan, “Bavariya” bilan esa, Germaniya chempioni bo‘lgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!