
Tuxel: "Angliya terma jamoasini boshqarishni o‘z zimmamga olganimdan faxrlanaman"
Germaniyalik mutaxassis Tomas Tuxel Angliya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi sifatida tanishtirilgandan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Men Angliya terma jamoasini boshqarishni o‘z zimmamga olganimdan faxrlanaman. Men bu mamlakat futboli bilan uzoq vaqtdan beri tanishman. Bu erda aql bovar qilmaydigan lahzalarni boshdan kechirdim.
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lish katta sharaf va bu fantastik. Iqtidorli futbolchilar bilan ishlash imkoniyati juda hayajonli, - dedi Angliyaning yangi bosh murabbiyi.
Ma’lumot uchun, Tuxel yangi lavozimda 2025 yilning 1 yanvaridan ish boshlaydi.
Fikrlar