
Tuxel «Inter»dan futbolchi olib kelmoqchi
Mirror nashrining xabar berishicha, «Chelsi» «Inter»ning 32 yoshli yarim himoyachisi Ivan Perishichni o‘z jamoasi safiga qo‘shib olmoqchi.
«Aristokratlar» bosh murabbiyi Tomas Tuxel Perishichni turli qanotlarda o‘ynash qobiliyatini yuqori baholadi va shunday iqtidorli futbolchining jamoaga kelishini istaydi.
Joriy mavsumda Ivan milanliklar safida 26 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Transfermarkt portali xavbekni 10 million evroga baholamoqda.
Fikrlar