
Tuxel ishongan o‘yinchi “Chelsi”ga shart qo‘ydi
“Chelsi” jamoaning etakchi himoyachilaridan biri Antonio Ryudiger bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelisha olmayapti.
Germaniyalik futbolchi “aristokratlar”ning almashtirib bo‘lmas o‘yinchisi hisoblanadi. Shu bois, Tomas tuxel klub rahbariyatidan uni yangi shartnomaga ko‘ndirishni talab qilmoqda.
Ryudigerning o‘zi “Bavariya”, “Real” va PSJdan chorlov bo‘layotganini inobatga olib, bu klublar bilan muzokara qilishga tayyorligini bildirdi. U londonliklarning takliflarini rad etib, muzokaralarni to‘xtatdi.
Tajribali himoyachi agar “Chelsi” uning qolishini istasa, haftalik maoshini 130 ming funtdan 200 ming funtga ko‘tarishi kerakligini uqtirmoqda.
Fikrlar