Tuxel: "Iste’fo qaroridan so‘ng klub ichida erkinlik yuzaga keladi"

  • 23 fevral, 2024, 18:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel klubni tark etish qarori haqida gapirdi. 

Tecno

"Men faqat qoniqarsiz natijalarni oldimizdagi muammo, deb hisoblamayman. Shunga qaramay, menda mas’uliyat bor va buni o‘z zimmamga olganimdan xursandman. 

Ishonchim komil, jamoaning rivojlanishi va o‘yinimiz meni qoniqtirmayapti. G‘oyalarimni, qarashlarimni jamoada hamma yaxshi tushungan, deb o‘ylayman.

Mavsum oxirida klubni tark etishga qaror qildim. Bu esa ikki tomon uchun ham aniq rejalar tuzishga yordam beradi. Bundan so‘ng klub ichida erkinlik yuzaga keladi. 

Rahbariyat bilan suhbat qisqa va normal o‘tdi. Bunga professional tomondan qarayman hamda ishimni avvalgidek kuch bilan bajarishda davom etaman", - dedi germaniyalik mutaxassis.

Ma’lumot o‘rnida, Tuxel boshchiligidagi "Bavariya" ayni payt Bundesligada 50 ochko bilan 2-o‘rinda ketmoqda. 1-pog‘onani band etgan "Bayer" hisobida esa 58 ochko mavjud. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!