Tuxel Palmerni Jahon chempionatiga nega chaqirmaganini tushuntirdi

  • 23.05.2026 14:37
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel hujumkor yarim himoyachi Koul Palmerning Jahon chempionati uchun qaydnomaga kiritilmaganiga izoh berdi.

Nemis mutaxassisi tanlagan tarkib keng muhokamalarga sabab bo‘ldi va eng bahsli qarorlardan biri "Chelsi" yulduzining chaqirilmagani bo‘ldi.

"Palmer hozir klubida eng yaxshi davrini o‘tkazmayapti. U avvalgi mavsumlardagi kabi "Chelsi" uchun muhim va ta’sirli futbolchi emas.

Terma jamoada ham u shunday darajada o‘zini ko‘rsata olmadiki, biz uni har qanday holatda ham chaqirishimiz kerak bo‘lsin. Bu — realiklik.

Koul bir necha marta jarohat sabab safdan chiqqan. Uni tarkibga qo‘shish uchun ko‘plab sabablar topish mumkin. U xarakter jihatidan hal qiluvchi pallalarda o‘zini ko‘rsata oladi, ammo buning uchun yaxshi sport formasida bo‘lish kerak.

Men futbolchilarni faqat nomi uchun chaqirmayman. Qiyin qaror qabul qilib, kimnidir chaqirmaslik yaxshiroq", — dedi Tuxel.

Angliya terma jamoasi Jahon chempionatida Xorvatiya, Gana va Panama bilan bir guruhdan o‘rin olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!