Tuxel "Real" bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin edi
Bir necha kun avval "Bavariya" bosh murabbiy etib tayinlangan germaniyalik murabbiy Tomas Tuxel "Real" uchun ustuvor variantlardan biri edi.
Qayd etilishicha, "qirollik klubi" Karlo Anchelottini iste’foga chiqargan taqdirda, germaniyalikni olib kelish niyatida edi. Agar Madrid klubi mavsumni sovrinsiz yakunlasa, italiyalikning ketishi haqiqatga aylanishi mumkin.
Tuxelning o‘zi ham "Real"ning qiziqishidan xabardor edi. Ammo "Bavariya" murojaat qilganida Anchelottining iste’fosini kutib o‘tirmay, uning taklifni qabul qildi.
Fikrlar