Tuxel: "Saka hali to‘liq tiklangani yo‘q"
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Arsenal" vingeri Bukayo Sakaning jismoniy holati haqida ma’lumot berdi.
Murabbiyning aytishicha, futbolchi mart oyida olgan pay jarohatidan hali to‘liq qutulgan emas va uning yuklamalari ehtiyotkorlik bilan nazorat qilinmoqda.
"Bukayo asta-sekin o‘z holatiga qaytmoqda. U mavsumning oxirgi qismida og‘riq bilan o‘ynadi, ammo shunga qaramay yuqori darajada harakat qildi. Biroq u hali 100 foiz tayyor emas.
Biz mashg‘ulotlarda unga alohida e’tibor qaratyapmiz. Ayrim jihatlar yetishmayapti, xususan, u ketma-ket kunlarda mashg‘ulot o‘tkaza olmaydi. Shu sababli uning holati nazorat qilib boriladi.
Futbolchining salomatligi hamisha birinchi o‘rinda turadi. Dushanba kuni u biz bilan mashg‘ulot qilmadi, seshanba kuni esa to‘liq mashg‘ulotda qatnashdi. U keyingi o‘yin uchun tayyor, ammo hali to‘liq formaga kirganicha yo‘q. Shunga qaramay, u yuqori saviyada harakat qilmoqda", — dedi Tuxel.

Fikrlar