Tuxel tufayli “Chelsi” kelajagi porloq futbolchisini yo‘qotdi

  • 8 sentabr, 2021, 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Britaniyaning mashhur The Athletic nasho‘ri “Chelsi” kelajagi, deb e’tirof etilgan Tino Livramentoning klubdan ketib qolishi sabablarini oshkor qildi. Iste’dodli futbolchi to‘liq transfer huquqi bilan “Sautgempton”ga o‘tib ketdi.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, “Chelsi” mutasaddilari, hatto bosh murabbiy Tomas Tuxelning o‘zi ham futbolchi klubda qolishini istagan. Rahbariyat vakillaridan tashqari, germaniyalik mutaxassis ham shaxsan Livramento bilan muzokara o‘tkazgan ekan.

Yosh futbolchi jamoada qolish uchun Tomas Tuxeldan bir mavsumda o‘nta uchrashuvda maydonga tushirishini kafolatlashni so‘ragan. Biroq, o‘ziga xos qaysar xarakterga ega  bosh  murabbiy bunga ko‘nmagan. Aynan mana shu sabab tufayli klub o‘z kelajagi uchun tarbiyalagan o‘yinchi raqib jamoaga o‘tib ketdi.

Tino Livramento yosh va tajribasi etishmasligi tufayli Ris Jeyms va Sezar Aspilikueta bilan asosiy tarkibga kirish uchun raqobatga kuchi etmasligini bilgani uchun ham oz bo‘lsa-da, o‘yin vaqti ajratilishini so‘ragani aytilmoqda.

19 yoshli himoyachi “Sautgempton”da asosiy tarkibda muntazam maydonga tushmoqda va “Chelsi”ga qaytmoqchi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!