Tuxelning eng zo‘r shogirdi “Chelsi”ni tark etmoqchi

  • 07.09.2021 08:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi”ning eng kuchli o‘yinchilaridan hisoblangan Jorjino “aristokratlar” bilan amaldagi shartnomani uzaytirmaydigan bo‘ldi.

29 yoshli italiyalik yarim himoyachi faoliyatini o‘z yurtida davom ettirishni istamoqda. UEFA tomonidan mavsumning eng yaxshi futbolchisi, deb e’tirof etilgan Jorjino o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, “Oltin to‘p”ga da’vogar hisoblanadi.

Jorjinoning “Chelsi” bilan shartnomasi 2023 yilning yarmigacha tuzilgan. Agar yangi bitim imzolanmasa, klub futbolchini kelasi yil yozda sotib yuborishga majbur bo‘ladi.

Italiya terma jamoasi a’zosini “Inter” va “Yuventus” o‘z safida ko‘rmoqchi bo‘lyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!