Tuxelning qarori Angliya futbolchilarini hayron qoldirdi
Angliya terma jamoasining ayrim futbolchilari bosh murabbiy Tomas Tuxelning qaroriga hayron qolgan. Unga ko‘ra, jamoa Argentina darvozasiga hujumni davom etmasdan, hisobda oldinga chiqqach, orqa chiziqqa chekinib o‘ynashga o‘tgan.
Bu haqida The Telegraph nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Angliya terma jamoasi futbolchilari o‘zlari Argentinani mag‘lub etishga qodir bo‘lganini ta’kidlamoqda. Ularning fikricha, maydonda tezkor futbolchilar ko‘proq bo‘lganda, «uch sherlar» qarshi hujumlar orqali raqib darvozasiga ikkinchi golni ham urishi mumkin edi.
Amo Tuxel 72-daqiqadan 82-daqiqagacha bo‘lgan oraliqda maydonga uch nafar himoyachini tushirgan.
Bronza medallari uchun bahsda Angliya terma jamoasi Fransiyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 19 iyul kuni Mayamidagi «Xard Rok» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar