
Tvitterda eng ko‘p tilga olingan klublar nomi e’lon qilindi
Yakunlanib borayotgan 2020 yilda Tvitter ijtimoiy tarmog‘ida eng ko‘p muhokama qilingan futbol klublari reytingi e’lon qilindi.
Ushbu reytingga ko‘ra klublar reytingda quyidagicha ko‘rinish oldi:
- "Los-Andjeles Leykers"
- "Manchester Yunayted"
- "Barselona"
- "Los-Andjeles Dodjers"
- "Real" Madrid
- "Liverpul"
- "Flamengo"
- "Arsenal"
- "Chelsi"
- PSJ
Ko‘rib turganingizdek, kuchli o‘nlikdan joy olgan klublarning 8 tasi futbol kulblaridir.
Bundan tashqari quyidagi sport tadbirlari Tvitterda eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan:
"Kanzas-Siti" va "San-Frantsisko" jamoalari o‘rtasidagi Superboul o‘yini;
PSJ – "Bavariya" (0:1) o‘rtasidagi EChL finali;
"Barselona" – "Bavariya" (2:8) o‘rtasidagi EChL uchrashuvi.
Fikrlar