U-17 jahon chempionati. Abdulaziz Xolmirzayev bronza medalini qo‘lga kiritdi
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida sport kurashlari bo‘yicha U-17 yosh toifasidagi jahon chempionati boshlandi. Yunon-rum kurashi ustalari ishtirokida o‘tayotgan bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi dastlabki medaliga sazovor bo‘ldi. -80 kg vazn toifasida ishtirok etgan Abdulaziz Xolmirzaev murosasiz bellashuvlarda bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bugun kun davomida 5 nafar kurashchi qizimiz saralash bahslarini o‘tkazishsa, 4 nafar “klassik” kurashchimiz medallar uchun gilamga chiqadi:
Final:
-51 kg: Bunyod Xasanov – Abdurahmon Huseynli (Ozarbayjon)
Bronza medali uchun:
-45 kg: Afruzbek Ibragimov – Vazgen Vardanyan (Armaniston) / Arslan Iliev (Rossiya)
-60 kg: Sadriddin To‘lqinboev / Muhammad Ahmed (Misr) – Aleksandru Lungu (Ruminiya)
-92 kg: Mirjalol Shavkatov – Zoxrab Safarov (Ozarbayjon) / Amirrizo Mehri (Eron)
Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar