U-17 jahon chempionati. Bunyod Hasanov ikki karra chempion!

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Boku shahri mezbonlik qilayotgan sport kurashlari bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida yunon-rum kurashi bahslari o‘z yakuniga yetdi. -51 kg vazn toifasida kurashgan polvonimiz Bunyod Hasanov ikkinchi bor ushbu yosh toifasida jahon chempionligiga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, Sadriddin To‘lqinboev (-60 kg) bronza medali bilan taqdirlandi.

Oltin medal:
-51 kg: Bunyod Hasanov

Bronza medal:
-60 kg: Sadriddin To‘lqinboev

Bugun kun davomida qizlarimizdan 5 nafar kurashchimiz saralash bahslarida ishtirok etadi. Shuningdek, Muxlisa Masharipova chempionlik, Shahzoda Azimova esa bronza medali uchun o‘tish bosqichida ishtirok etadi.

Final:
-43 kg: Muxlisa Masharipova – Finya Strasx (Germaniya)

Bronza medali uchun:
-65 kg: Shahzoda Azimova / Irina Buxtina (Ukraina) – Palina Brahinets (Belarus)

Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!