U-17 JCh. Guruh bosqichida jamoalarning ochkosi teng kelib qolsa, nimalarga qarab o‘rinlar aniqlanadi?
Xabaringiz bor, Islom Ismoilov boshqaruvidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Jamoamiz dastlabki bellashuvda Paragvayni 2:1 hisobida taslim etgan bo‘lsa, kecha Irlandiyaga 2:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu orqali, vakillarimiz guruh bosqichidagi 2 turdan so‘ng 3 ochko to‘plagan holda, 2-o‘rinda bormoqda.
3-o‘rindagi Paragvay terma jamoasida ham 3 ochko mavjud. Faqatgina o‘zaro bellashuvlardagi natija orqali terma jamoamiz turnir jadvalida yuqorida joylashgan.
Agarda 3 ta turdan so‘ng jamoalarning ochkolari teng kelib qoladigan bo‘lsa, nimalarga qarab aniqlashi bo‘yicha ko‘plab futbol muxlislarida savol tug‘ilishi mumkin. Sports.uz sayti esa sizga bu haqida to‘liq ma’lumot beradi.
Guruh bosqichidagi saralash qoidalari:
Agar guruh bosqichi yakunlanganidan so‘ng bir guruhdagi ikki yoki undan ortiq jamoa bir xil ochkoga ega bo‘lsa, quyidagi qoidalar navbatma-navbat qo‘llaniladi:
Ilk qadam:
1) O‘zaro o‘yinlarda erishilgan eng ko‘p ochko;
2) O‘zaro o‘yinlardagi to‘plar farqi (gollar nisbati);
3) O‘zaro o‘yinlarda urilgan to‘plar soni.
Keyingi qadam:
Agar ushbu mezonlar bo‘yicha ham jamoalar teng bo‘lib qolsa, quyidagi qoidalar ishga tushadi:
4) Guruhdagi barcha o‘yinlar bo‘yicha to‘plar farqi;
5) Guruhdagi barcha o‘yinlar bo‘yicha urilgan to‘plar soni;
6) Jamoaning intizom ko‘rsatkichi (sariq va qizil kartochkalarga qarab):
Sariq kartochka: –1 ochko
Ikki sariq natijasida qizil kartochka: –3 ochko
To‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka: –4 ochko
Sariq + to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka: –5 ochko
7) FIFA tomonidan qur’a tashlash.
Uchinchi o‘rin egalari reytingini aniqlash:
Guruhlardagi uchinchi o‘rinni olgan jamoalardan eng yaxshi sakkiztasi quyidagi mezonlar asosida saralanadi:
1) Barcha guruh o‘yinlarida to‘plangan ochkolar;
2) Barcha guruh o‘yinlaridagi to‘plar farqi;
3) Barcha guruh o‘yinlarida urilgan to‘plar soni;
4) Intizom ko‘rsatkichi (sariq va qizil kartochkalar bo‘yicha);
5) FIFA tomonidan qur’a tashlash.
Pley-off bosqichi
Agar pley-off bosqichidagi o‘yin asosiy vaqtda durang bilan yakunlansa: qo‘shimcha vaqtlar bo‘lmaydi, g‘olib penalti seriyasi orqali aniqlanadi.



Fikrlar