
U-23 Osiyo kubogi. Bugun O‘zbekiston final va Olimpiada yo‘llanmasi uchun Indoneziyaga qarshi maydonga tushadi
Qatarda bo‘lib o‘tayotgan 23 yoshlilar o‘rtasidagi Osiyo kubogining yarim final bosqichiga ham etib keldik.
Bugun O‘zbekiston finalga chiqish uchun Indoneziyaga qarshi maydonga tushadi. Ushbu o‘yin g‘olibi to‘g‘ri-to‘g‘ri Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 19:00da start oladi. Mazkur bahsni "Sports.uz Live" telegram kanalimizda jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar