U-23 Osiyo kubogi. Yaponiya ning finaldagi raqibi aniq bo‘ldi
Saudiya Arabistoni mezbonlik qilayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi o‘z yakuniga yetib bormoqda.
Yarim finalning ikkinchi bahsida Xitoy terma jamoasi Vyetnamni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvda Yuvan Syan dubl qayd etgan bo‘lsa, yana bir golga Pen Syao mualliflik qildi.
Shu tariqa, xitoyliklar bosh sovrin uchun finalda Yaponiya yoshlar terma jamoasiga qarshi kurash olib boradi.
Fikrlar