U kelsa, Mbappe ham, Xoland ham kerak emas!

  • 20 fevral, 2022, 15:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ rahbariyati har ehtimolga qarshi asosiy to‘purar Kilian Mbappening ketishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Frantsiyalik hujumchi yozda erkin agentga aylanadi va kelajagi borasida hali bir qarorga kelgani yo‘q.

Tecno

Parijliklar Mbappega bir necha marotaba o‘ta manfaatli shartnoma taqdim qildi, biroq hujumchi ularning birortasini qabul qilmadi.

Ma’lumotlarga qaraganda, PSJ Mbappe o‘rniga Erling Xolandni olmoqchi bo‘lgan va qisqa fursatda bu fikridan qaytgan. Ayni paytda poytaxtliklar “Nitstsa” hujumchisi Amin Guyri nomzodini ma’qullamoqda.

22 yoshli futbolchining agenti PSJ bosh murabbiylikka chorlayotgan Zinedin Zidan manfaatlarini ham himoya qiladi. Parijliklar Guyri transferi orqali Zidanning agenti bilan aloqalarni mustahkamlab olmoqchi.

Joriy mavsumda o‘nta gol urgan yosh to‘purarning transferi uchun PSJ 45 million evro atrofida xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!