U Konor MakGregorni nazariga ham ilmadi!

  • 22 avgust, 2024, 16:13
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
TIGGO 2 PRO

Yarim engil vazn toifasida UFC chempioni Iliya Topuriya promoushenning asosiy yulduzi Konor MakGregor bilan jang o‘tkazish ehtimolini baholadi.

 "Makgregor ruhiy jihatdan nafaqaga chiqqanga o‘xshaydi. Hozir u men bilan jang qilishga loyiq emas. Men chempionman. U yulduz edi, lekin hozir u hech kim. Konor hatto reytinglarda ham yo‘q ! Agar u qaytib kelib, formaga kirsa, jang taklifini o‘ylab ko‘raman. Ammo endi menda katta janglar uchun yanada yaxshi raqiblar bor - O'Melli, Xollouey, Maxachev",  - deya Topuriya so‘zlarini keltirdi MMA Junkie.

 Eslatib o‘tamiz, 26 oktyabr kuni BAA ning Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tadigan "UFC 308" turnirida Topuriya Maks Xolloueyga qarshi o‘z chempionlik unvonini himoya qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!