"U "Oltin to‘p"ni olish uchun uyimni ham bergan bo‘lardim"

  • 28 oktabr, 2024, 18:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning “Lill” klubi himoyachisi Toma Mene, agar unga bog‘liq bo‘lganida joriy yilgi “Oltin to‘p” sovrinini kimga berishini aytdi. Uning bu boradagi tanlovi "Real"da o‘ynayotgan angliyalik yarim himoyachi Jud Bellingem bo‘ldi.

“Bellingem bu - sensatsiya! U "Oltin to‘p"ni olish uchun o‘z uyimni ham bergan bo‘lardim", - dedi belgiyalik futbolchi.

Avvalroq matbuotda bu galgi "Oltin to‘p" sovrinini "Real"ning braziliyalik hujumchisi Vinisius Junior olishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

"Oltin to‘p"ni aslida kim olishini bugun, 28 oktyabr kuni bilib olamiz. Marosim Parijdagi Shatle teatrida Toshkent vaqti bilan 23:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!