
U otasining yo‘lidan bormoqchi
"Yuventus" rahbariyati "Borusiya Myunxengladbax" hujumchisi Markus Tyuramni qo‘lga kiritish niyatida.
Markus 2001-2006 yillar mobaynida turinliklar klubi safida to‘p surgan sobiq himoyachi Lilian Tyuramning o‘g‘li.
Joriy mavsumda kichkina Tyuram 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 9 ta golli uzatma bergan.
Oldinroq, futbolchi xizmatlariga A Seriyaning boshqa bir klubi "Fiorentina" ham qiziqish bildirayotgan edi.
Fikrlar