U qariganida ham to‘purar bo‘lmoqchi

  • 4 sentabr, 2020, 10:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” hujumchisi Robert  Levandovski faoliyatini qachongacha davom ettirishi haqida gapirdi. Yaqindagina 32 yoshini qarshi olgan futbolchi joriy mavsumda 47 ta uchrashuvda 55 ta gol urib, to‘purarlik borasida rekordini o‘rnatdi.

Tecno

- Hozirgi shartnomam oxirgisi emas, men yana o‘ynashni davom ettiraman. Yana o‘n yil o‘ynashga qodirligimni ko‘p so‘rashadi. Yo‘q, o‘n yil emas, sakkiz yil to‘p surishim mumkin. Faoliyatimni “Bavariya”da yakunlash ham bir variant. Hozircha bunga ancha bor va butsamni mixga ilish borasida o‘ylaganim yo‘q, - dedi Levandovski.

Levandovskining faoliyatini tahlil qilayotgan mutaxassislar uning yildan yilga ochilib borayotganini va 40 yoshida ham gol urish qobiliyatini yo‘qotmasligini ta’kidlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!