U "Real"da qolib, asosiy tarkibdagi o‘rnini qaytarmoqchi!

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" yarim himoyachisi Marko Asensio qishki transfer vaqtida madridliklar safini tark etmoqchi emas. Bu haqda ABC nashri xabar tarqatdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, ispaniyalik futbolchi jamoada qolib, asosiy tarkibdagi o‘rnini qaytarib olmoqchi. Markoning "qirollik klubi" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan. 

Ma’lumot uchun, Asenso joriy mavsum "Real" safida bor yo‘g‘i ikkita o‘yinni asosiy tarkibda boshladi. Asosan, "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti uni zaxiradan maydonga tushirmoqda. 

Avvalroq, havbekka Italiya va Angliya klublaridan takliflar borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!