"U "Spartak" bilan Chempionlar Ligasini yuta olmaydi!"
Rossiya milliy terma jamoasi sobiq hujumchisi Roman Pavlyuchenko "Ayaks" futbolchisi Kvinsi Promesning "Spartak" klubiga ehtimoliy transferi haqida fikr bildirdi.
"Promes o‘z vaqtida Rossiya chempioni bo‘lgan yaxshi darajadagi futbolchi. Biroq yana nimani isbotlash zarur? U "Spartak" bilan Chempionlar Ligasini yuta olmaydi. Endi nima maqsadda kelishi mumkin? U Rossiyaga ko‘proq pul ishlash uchun kelishi aniq. Bu "Spartak" uchun yaxshi, yoshlar uchun foydali.
Promes - "Zenit"da o‘ynagan Xalk darajasidagi legioner. Yana bir savol: "U nega endi bu erga keldi? Kvinsi bir necha yil oldin moskvaliklar tarkibida o‘ynagan Promes bo‘la oladimi? Agar shunday bo‘lsa, u jamoani oldinga boshlay oladi. Aks holda...
Hozir "Spartak" boshqacha. 2017 yilda chempion bo‘lgan tarkib kuchliroq edi. Har qanday holatda ham niderlandiyalik futbolchining klubga o‘tishi jamoa uchun foydali, u sifatli futbolchi", - dedi Pavlyuchenko.
Fikrlar