Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

U Tayson o‘rniga Pol bilan jang qilishga tayyor

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Taysonning o‘rniga da’vogar bor

Sobiq jahon chempioni kichik Roy Jons bloger Jeyk Polga qarshi jangda Mayk Taysonning o‘rniga ishtirok etishi mumkinligini aytdi.

"Ehtimol, o‘sha jang uchun yaxshi formada bo‘larman. Hozirda men Jeyk Pol bilan jangda Mayk Taysonni almashtirish uchun eng zo‘r variantman. Avval, hech qachon Pol bilan jang qilish haqida o‘ylamaganman. Menimcha, Jeyk Polga qarshi to‘qnash kelish – bu o‘n yillikning eng katta janglaridan biri bo‘ladi",  – dedi Jons.

Eslatib o‘tamiz, Pol(9-1, 6 KO)ning Tayson(50-6, 44 KO)ga qarshi jangi 20 iyul kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq Maykning sog‘ligi bilan bog‘liq muammolari sabab bahs noma’lum muddatga qoldirildi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q