Uch karra O‘zbekiston chempioni Yamalga “Oltin to‘p”ni yutish yo‘lini o‘rgatdi

  • 28.09.2025 10:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Bunyodkor” tarkibida 2008, 2009 va 2010 yillarda O‘zbekiston chempioni bo‘lgan jahon futboli yulduzi Rivaldo “Barselona” etakchisi Lamin Yamal kelasi yili “Oltin to‘p” sovrini yutishi uchun nimalarga e’tibor qaratishi lozimligini maslahat berdi.

- Laminda kelasi yili “Oltin to‘p”ni yutish uchun barcha sifatlar mujassam. Xususan, joriy mavsum bu futbolchi uchun avvalgisidan ancha yorqin bo‘lishini kutyapman.

O‘ylashimcha, Yamal butun dunyoga o‘z o‘yin uslubini namoyish qilish bilan cheklanib qolmasdan, muntazam ko‘p gol urishi, imkoni boricha jamoadoshlariga golli paslar uzatishni ko‘paytirishi lozim.

Ilgari Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi ham xuddi shunday qilgan, - dedi Rivaldo Ispaniyaning Sport.es nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Rivaldoning o‘zi 1999 yili “Milan”dagi faoliyati davomida jahonning eng zo‘r futbolchisi bo‘lgan va “Oltin to‘p” sovrinini ham qo‘lga kiritgan.

Lamin Yamal 2025 yilgi “Oltin to‘p” taqdimotida ikkinchi o‘rinni egalladi. Nufuzli sovrin bu gal PSJ hujumchisi Usmon Dembelega nasib qildi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!