Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Uch klubdan birini tanla! Qimmatbaho oʻyinchiga jiddiy takliflar kelyapti

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bu katta xarajat qiladigan transfer

Dortmundning «Borussiya» jamoasi yarimhimoyachisi Feliks Nmecha Angliya premyer-ligasi klublaridan birida faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bu haqida sport jurnalisti Ekrem Konur xabar berdi.

Insayder ma'lumotiga ko‘ra, 26 yoshli nemis futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishga «Manchester Yunayted», «Liverpul» va Londonning «Tottenxem» klublari qiziqish bildirmoqda. Ushbu jamoalar Nmechaning o‘yinlarini yaqinidan kuzatib bormoqda.

Futbolchi shartnomasida 80 million yevro miqdorida to‘lov majburiyati (mablag‘ to‘lab olib ketish badali) ko‘rsatilgan. Ushbu band kelasi yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Feliks Nmechaning amaldagi shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. U 2023 yil iyul oyidan beri Dortmund klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q