Uch superklub “Bayer”ni chempion qilgan futbolchini talashyapti

  • 22 aprel, 2024, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bayer” jamoasi bu mavsum Germaniya chempionligini qo‘lga kiritdi.

Tecno

Leverkuzenliklar Evropa kuchli chempionatlarida hali mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo‘lib turibdi.

Jamoa muvaffaqiyatlarida yarim himoyachi Jeremi Frimpongning xizmati katta.

Insayder Kristian Falkning ma’lum qilishicha, bu futbolchini qo‘lga kiritish uchun “Bavariya”, “Manchester Yunayted” va “Real” harakatni boshlab yuborgan.

Frimpongning klub bilan shartnomasi 2028 yilning yarmigacha tuzilgan. Ushbu bitimda “Evro-2024” boshlangunga qadar futbolchini 40 million evroga transfer qilish mumkinligi haqida band bor. Da’vogarlar ana shu band asosida muzokaraga kirishgan.

Jeremi Leverkuzenga 2021 yilning yozida kelgan edi.  “Bayer” iqtidorli yarim himoyachi uchun “Seltik”ga 11 million evro to‘lagan. Joriy mavsumda Frimpong barcha turnirlarda 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol va 10 ta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!