Uchkurash. O‘zbekiston chempionatida g‘oliblar nomi ma’lum

  • 21.05.2026 20:16
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Ot sporti
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Toshkentda ot sportining uchkurash yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi. Ot yorttirish, konkur va kross ot choptirish dasturlarini oʻz ichiga olgan ushbu musobaqada yurtimizning sara chavandozlari gʻoliblik uchun kuch sinashishdi.

Bellashuvlar yakunida Jasur Xotambekov “Artur” laqabli otda eng uzoq masofalarni oʻz ichiga olgan yoʻnalishda (CCI2*-L) gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, oʻrta va kichik masofalarda mos ravishda Maksim Dvoryanskiy (“Goodman G”, CCI1*-B) hamda Madina Abdurahmonova (“Jizel”, CCI1*-Intro) gʻalaba qozonishdi.

Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!