Uchrashuv taqdirini hal qilgan Shomurodov necha ball oldi?

  • 18.10.2026 23:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Statistik ko‘rsatkichlarga ixtisoslashgan Flashscore portali Istanbulda o‘tgan Turkiya Superligasining sakkizinchi turidagi «Istanbul Boshakshehir» – «Gaziantеp» (2:1) uchrashuvi ishtirokchilariga baholar qo‘ydi.

«Boshakshehir» tarkibida gol urgan va bir golli uzatma muallifi bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov statistik platforma tomonidan 7,5 ball bilan baholandi. U raqib darvozasi tomon bir marta zarba yo‘lladi, uning kutilgan gollar ko‘rsatkichi (xG) esa 0,71 ni tashkil etdi. Maydonda bo‘lgan vaqt mobaynida forvard to‘pga 41 marta tegdi, shulardan to‘rttasi «Gaziantеp» jarima maydonida qayd etildi. Shomurodov 27 marta uzatma berishga urinib va ularning 21 tasi manziliga yetdi (aniqlik – 78 foiz). Shuningdek, u uchta dribling urinishidan birtasini muvaffaqiyatli amalga oshirdi (33 foiz).

«Boshakshehir» tarkibida eng yuqori bahoni yarimhimoyachi Skov O‘lsen oldi – 7,7 ball. Mehmonlar safida eng yaxshi ko‘rsatkich hujumchi Katsper Kozlovskiy hisobiga yozildi, uning o‘yini ham 7,7 ballga baholandi.

Ushbu uchrashuvdan so‘ng «Boshakshehir» jamoasi hisobida 11 ochko, «Gaziantеp»da esa sakkiz ochko jamg‘arilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!