Uchrashuvdan to‘g‘ri shifoxonaga jo‘natilgan “Real” futbolchisi ahvoli ma’lum bo‘ldi
Madridning “Real” klubi himoyachisi Raul Asensio Evropa Chempionlar ligasining pley-off bosqichida “Benfika”ga qarshi o‘tkazilgan javob uchrashuvidan to‘g‘ri shifoxonaga olib ketilgandi.
Ispaniyalik futbolchi o‘yning 77-daqiqasida jamoadoshi Eduardo Kamavinga bilan to‘qnashuv natijasida o‘zini yo‘qotib qo‘ydi va mustaqil tarzda oyoqqa turolmadi.
Tibbiyot xodimlari dastlabki yordamdan keyin uni maydondan zambilda olib chiqdi va to‘g‘ri shifoxonaga jo‘natdi.
El Chiringuito nashrining xabar berishicha, ayni paytda Asensioning salomatligiga hech qanday xavf-xatar yo‘q. Tibbiy tekshiruvdan so‘ng 23 yoshli ispaniyalik futbolchi shifoxonani tark etgan va uyiga avtomobilda ketgan.
Raul Asensio joriy mavsumda “Real” tarkibida barcha musobaqalarda 29 ta uchrashuv o‘tkazib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari, o‘z hisobiga ikkita gol ham yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar